Psixologiya

О книге

Автор книги - . Произведение относится к жанрам саморазвитие / личностный рост, общая психология. Оно опубликовано в 2025 году. Книге не присвоен международный стандартный книжный номер.

Аннотация

Psixologiya har bir inson uchun nihoyatda muhimdir. U faqatgina psixologlar uchun emas, balki har bir kishining bilim sohasidir. Psiхologiya shaxsning ruhiy holati, hissiyotlari va xulq-atvori haqida chuqur tushuncha beradi, hayotni yaxshiroq anglashga yordam beradi. Bu bilimlar insonga o‘zini boshqarish, stressni kamaytirish va munosabatlarni yaxshilash imkonini beradi. Shuning uchun psixologiya har doim har bir inson uchun zarurdir.

Yana bir gap – psixologiyani o‘rganish orqali o‘zingizni va atrofingizdagilarni yaxshiroq tushunishingiz mumkin, bu esa hayotingiz sifatini oshiradi.

Читать онлайн Chengiza Xamidova - Psixologiya


Глава

Kirish

Salom, sevimli kitob o'quvchi!

Mening ismim Chengiza. Ushbu kitobni yozib sizlarga taqdim etishga qaror qildim, chunki men psixologiya haqida gapirish, inson ruhi va xatti-harakatlarini tushunish, hayotimizdagi muammolarga yechim topish juda muhim deb hisoblayman. Ushbu kitob – bu faqatgina psixologiya bo'yicha bilimlar to'plami emas, balki har kim uchun va yaxshi hayoti uchun qo'llanma. Kitobimiz talabalar, ota-onalar, mutaxassislar va oddiy o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Har bir inson bu kitobdan o'ziga kerakli narsani topishi mumkin: stressdan qanday qutulish, munosabatlarni yaxshilash, o'z-o'zini tushunish, motivatsiya va shaxsiy o'sish haqida bilim olish, amaliy mashqlar va nasihatlar bilan ishlash. Kitobda siz psixologiyaning asoslari, shaxsiyat va xarakter,his-tuyg'ular va stress bilan kurashish, oila, do'stlar va sheriklar bilan munosabatlar, shaxsiy o'sish va motivatsiya, shuningdek, amaliy mashqlar va nasihatlar bilan tanishasiz. Mening istagim – bu kitob sizlarga yaxshi hayot yo'lida yordam beradi, sizni qiziqtiradi va foydali bo'ladi. O'qiganingizdan so'ng siz o'zingiz, yaqinlaringiz va hayotingizni yaxshiroq tushunib, undan zavq olishni boshlaysiz. Umid qilamanki, bu kitob maktablarda, universitetlarda va oilalarda ham o'qiladi.

Xush kelibsiz, kitobimga qiziqish bildirganingiz uchun katta rahmat!


1-bob

Asoslar va yo'nalishlar

Psixologiya nima? Psixologiya – bu inson ruhi, fikrlash, his-tuyg'u va xatti-harakatlarini o'rganadigan fan. Psixologiya so'zi yunoncha "psyche" (ruh) va "logos" (bilim) so'zlaridan kelib chiqqan. Ya'ni, psixologiya – ruh bilimi. Psixologiya bizga o'zimizni, yaqinlarimizni va dunyoni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. U insonning nimalarga qiziqishi, qanday qilib fikrlashi, hissiyotlari va munosabatlari haqida gapiradi. Psixologiyaning asosiy yo'nalishlari:

Klinik psixologiya Ruhiy salomatlik, stress, tushkunlik, tashvish kabi muammolarni o'rganadi va ularga yechim izlaydi. Ijtimoiiy psixologiya Insonlar bir-biri bilan qanday munosabatda bo'lishini, jamoaviy xatti-harakatlarni o'rganadi.

Bolalar psixologiyasi – Bolalarning rivojlanishi, fikrlash va xatti- harakatlarini o'rganadi.

Shaxsiyat psixologiyasi – Har bir insonning xarakteri, temperamenti va shaxsiy xususiyatlari haqida gapiradi.


Рекомендации для вас