Allamjonov aybdor

О книге

Автор книги - . Произведение относится к жанру биографии и мемуары. Оно опубликовано в 2021 году. Книге не присвоен международный стандартный книжный номер.

Аннотация

Qoʻlingizdagi kitobda mening hali unchalik uzun boʻlma- gan hayot yoʻlim aks etgan. Bu badiiy asar yoki monografiya emas. Ushbu kitobni oʻqigan yoshlarimiz oʻzlariga ozgina boʻlsa-da, motivatsiya olsalar, faqat xursand boʻlaman. Xato, kamchiliklarga duch kelsangiz, aybga buyurmaysiz.

Kitob ustida ishlash jarayonida turli fikrlar boʻldi. Xavotir, shubhalar ham tugʻildi. Biroq shaxsiy fikrimcha, agar koʻngil toza, maqsad xolis boʻlsa, Allohning Oʻzi asraydi.

Bunday kitoblar bizning yurtda ham shov-shuvli yangilik emas, odatiy hol sifatida, koʻp boʻlishi kerak. «Kitob oʻqi!», deb targʻib qilsag-u, lekin yangi(cha) kitoblarni chop etishga qoʻrqib oʻtirsak, oʻtiraveramiz. Hayotim davomida koʻp holatda Allohga tavakkal qilib, shu bugungi darajaga yetib keldim. Bu safar ham xuddi shunday qilaman. Nima boʻlsa – peshonadan.

Pandemiya davrida, uyda bekor oʻtirganda, shu kitobni yo- zishni Alloh koʻnglimga soldi. Yaxshilikka boʻlsin ilohim.

Читать онлайн Komil Allamjonov - Allamjonov aybdor


Soʻzboshi

Bu kitob nega kerak?

Kitob yozishdan maqsad uchta boʻlishi mumkin. Bundan ikkisi menga taalluqli emas.

Birinchisi – pul ishlash. Menda bunday zarurat yoʻq.

Ikkinchisi – qanchalik zoʻr ekanimni butun dunyoga namoyish etish. Lekin oʻzimizda ham, chet elda ham koʻpchilik meni taniydi, borimcha biladi. Shunday ekan, hech kimni alday olmayman.

Va nihoyat, uchinchi sabab – oʻzim istagan insonlarga – oʻn beshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan, atrof-olamga qarab turib: «Bu yogʻiga nima qilsam ekan? Kun sayin oʻzgarib borayotgan jamiyatda qanday yashab ketaman? Orqamda turib beradigan, qoʻllaydigan odamim boʻlmasa ham yuzaga chiqa olarmikinman, kimga kerakman oʻzi? Orzularim ushalarmikin?» deb oʻylanayotgan yoshlarga muhim fikrlarni yetkazish.

Sizga oʻzim haqimda, qanday qilib oyoqqa turganim, hozirgi darajaga yetishimga nimalar turtki boʻlgani haqida gapirib bermoqchiman. Hech narsani nazardan qochirmaslikka harakat qilaman.

Bu kitobni yozishga kirishguncha oʻzimni juda omadli deb hisoblardim. Butun umr omad kulib boqqandek tuyulardi. Mana hozir ham, shinamgina uyimda, oilam davrasida oʻtirib yozyapman. Muvaffaqiyatli biznesim, qiziqarli loyihalarim bor. Peshonaning yarqiragani shu emasmi?!

Lekin boshimdan oʻtgan voqealarni birma-bir eslab, omadim chopgan paytdan koʻra ishim yurishmagan vaqtlar koʻproq boʻlganini tushundim. Bitta muvaffaqiyatga erishish uchun shunchalik koʻp muammoga duch kelgan ekanmanki, buni yuz foiz omad deb ham boʻlmaydi.

Bilasizmi, onam – doya-hamshira. Doyalarga alohida imtiyozlar berilmagan. Bittagina kafolatlangan qulaylik – farzandlarini oʻzi ishlaydigan tugʻruqxonada, ishonchli shifokorlar qoʻlida, hamkasb doʻstlari orasida dunyoga keltirish. Xullas, men tugʻiladigan paytim shuyam oʻxshamagan, onamning ishxonasi sanitariya-dezinfeksiya ishlariga – «moyka»ga yopilib qolgan.


I

Vazir keldi

Goʻdakligimda kattalarning oyogʻi ostida oʻralashib, injiqlik yoki shoʻxlik qilsam, buvim doim: «Uni tinch qoʻyinglar, urishmanglar. Bu bolam ministr boʻladi», – derdilar.

U vazir boʻladi.

Nega unday deganlarini bilmayman. Buvimning fikricha, oilamizda mendan boshqa hech kim ministr boʻlolmasdi. Avtoslesar bilan hamshiraning oʻgʻli bir kun kelib obroʻ-eʼtiborli, katta odam boʻlishini xayolga ham keltirish qiyin edi.


Рекомендации для вас